Toshkent viloyatida “mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.A. “Navroʻz” MFY hududidagi xonadonida qonunga xilof ravishda telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelib, jami 139,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.