Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida 1994-yil Angren shahrida tugʻilgan fuqaro U.D tomonidan shaharning Gulbogʻ MFY hududidan oqib oʻtuvchi Ohangaron daryosidan noqonuniy ravishda leskali toʻr yordamida 656 dona qorabaliq (marinka) ovlayotgan holati aniqlandi.
Ushbu holat boʻyicha hayvonot dunyosiga 49 million soʻm ortiq zarar yetkazilganligi. Bu borada toʻplangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyat prokuraturasiga yuboriladi.
Shu bilan birga noqonuniy baliq ovidagi avtotransport vositasi shahardagi jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirildi hamda daliliy ashyo sifatida olingan baliqlar mahalla hududidagi oilalarga tarqatildi.