Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

    21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy oʻqish tashkil qilganliklari fosh etildi.

    Toshkent viloyatida noqonuniy diniy taʼlim berish holatlari fosh boʻldi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar qildi.

    Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy oʻqish tashkil qilganliklari fosh etildi.

    Jumladan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.

    Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.