Toshkent viloyati maʼmuriy markazi qurilishi ishlarini yana-da jadallashtirish, tuman (shahar) markazlari meʼmoriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirish maqsadida:

      • Toshkent viloyati maʼmuriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan Konchi massivi hududida 113 gektar va Yangi turmush massivi hududida 133,2 gektar yer uchastkasi ajratib beriladi;
      • Toshkent viloyati maʼmuriy markazi hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Nurafshon shahar hokimligi huzurida “Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

Qaror bilan “Aqlli shahar” konsepsiyasi boʻyicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati maʼmuriy markazini qurish» investitsiya loyihasini “Nurafshon business city” konsepsiyasiga oʻzgartiriladi. Tegishincha, tashkil etilgan Direksiya Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasiga qayta tashkil etiladi, u barcha huquq va majburiyatlar hamda tuzilgan shartnomalar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

Direksiya “Nurafshon business city” hamda tuman va shaharlarda tashkil etiladigan boshqa zamonaviy ishbilarmonlik va turar joy markazlari boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi, ularning hududlarida obyektlar qurilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Direksiya faoliyati Prezidentning 2.08.2018-yildagi “Respublika hududlarida «Vusiness city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3895-son qarorida belgilangan vazifalar va qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 29.04.2021-yildan kuchga kirdi.