Birgina onlayn tartibda davlat xizmatlaridan foydalanishga bo'lgan talabning ortishini o'tgan yilning mos davriga solishtiradigan bo'lsak, 2021 yilning olti oyi davomida 43 mingga yaqin bo'lsa, joriy yilning ushbu davrida 63 mingdan ortiq yoki 46 foizga ortganini ko'rishimiz mumkin.
Ro'yxatidan o'tgan tadbirkorlik sub'yektlari soni 15 ming 221 tani tashkil etgan bo'lsa, shundan 3746 tasi yuridik shaxslar, 11475 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar. Davlat ro'yxatidan o'tgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni esa 19 tani tashkil etdi.
Eng ko'p davlat xizmatlari Angren shahar Davlat xizmatlari markazi orqali ko'rsatildi. Jumladan, Angren shahrida 41 ming 923 ta, Zangiota tumanida 32 ming 570 ta, Chirchiq shaharida 32 ming 199 ta, Toshkent tuman DXMda esa 31 ming 875 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatda Davlat xizmatlari markazining 8 ta filiallari tashkil etilgan bo'lib, ular tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar soni 10 ming 604 tani tashkil etdi.
Hududlarga chiqqan holda tashkil etilgan 494 ta sayyor tadbirlar davomida aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga jami 25 ming 448 ta sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Musajon Karimov,
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi
bosh mutaxassisi