Toshkent viloyatida psixotrop dorilar sortuvchilar guruhi fosh etildi

    Toshkent viloyati IIBB Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbir davomida, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

    Xususan, Chirchiq shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1997-y.t. fuqaro (Sh.A.) maxsus xaridorga 19 dona “zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1 mln 200 ming so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi va uning yonida sotish maqsadida saqlanayotgan 5 dona shu turdagi dori vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi.

    Ushlangan shaxs bilan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu dori vositasini “Azamat” ismli tanishidan olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.

    Oradan ko‘p o‘tmay, 1985-y.t. “Azamat” nazoratidagi xaridorga 6 mln so‘m evaziga 110 dona “zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida qo‘lga olindi. Uning yashash xonadonidan 100 dona shu nomadagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi daliliy ashyo sifatida olindi.

    Ushlangan “Azamat” bilan o‘tkazilgan surishtiruvda, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini “Orifjon” ismli tanishidan sotib olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.

    Yunusobod tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida 1991-y.t. “Orifjon” ham xaridorga 2 800 dona “regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    To‘rt kun davomida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh ushlanib, noqonuniy muomaladan narxi 200 mln so‘mga teng bo‘lgan psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomaladan olindi.

    Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyatida “Dolzarb 40 kun” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda.