Unga koʻra, Toshkent viloyatida emlash boshlab yuborildi. Avvalo, 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar roʻyxati shakllantirildi. Viloyatda jami 322 ming 203 nafar bola vaksina bilan emlanishi rejalashtirilgan.
Shu kunga qadar, 1 708 nafar bola koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan ixtiyoriylik asosida emlandi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Shuningdek xabarda tuman-shaharlar kesimida emlanuvchi bolalar soni keltirilgan.