Toshkent viloyatida qurilayotgan 9 qavatli uy chindan sifatsizmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning holati tasvirlangan videolavha tarqaldi.

    Lavhada yangi qurilayotgan uyning armaturalari sifatsiz ekani, yotqizilgan beton esa koʼchib ketayotgani aytilgan. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    Unga koʼra, holat soha nazorat inspektsiyasi xodimlari tomonidan oʼrganilmoqda.

    “Dastlabki maʼlumotlarga koʼra obʼektda qurilish-montaj ishlari toʼxtatilgan hamda tegishli organlarga taqdim etish uchun zarur hujjatlar toʼplanmoqda. Yanada toʼliq tafsilotlar haqida tez orada maʼlumot beramiz”, deyiladi xabarda.