Toshkent viloyatida salkam 7 kg lik chaqaloq tugʻildi

    Toshkent viloyatining Nurafshon shahar Tugʻruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm boʻlgan chaqaloq dunyoga keldi.

    Qayd etilishicha, chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tugʻdirilgan, bu uning ikkinchi farzandidir.

    Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Feruza Rahmatullayevaning bergan maʼlumotlariga koʻra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.