Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir davomida Bekobod tumani Yangi hayot MFY hududida joylashgan “Bekobod tongi“ fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan gʻalladan boʻshagan yer maydonida sholi poya qoldiqlarini yoqib yuborish holati aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtK ning 88-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima chorasi qoʻllanildi.