Qayd etilishicha tumanning “Obod“ MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. R. oʻz xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, “zangori yoqilgʻi“dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 309 million 348 ming soʻmlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.