Bugun, 5-fevral kuni soat taxminan 09:00larda Turkiya fuqarosi, 1974-yilda tugʻilgan L.S. boshqaruvida boʻlgan xorijiy MCHJga tegishli Mersedes-Bens yuk avtomashinasi (tirkamasi bilan) M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlining Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan 837 km da, oʻzi bilan bir (Chinoz-Toshkent) yoʻnalishda kelayotgan haydovchi 2000-y.t. U.J. boshqaruvida boʻlgan Neksiya-3 avtomashinasiga urilishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

Oqibatda tirkamadagi mahsulot yoʻlga toʻkilgan va yoʻlning maʼlum qismini toʻsib qoʻygan. YTH natijasida ogʻir tan jarohati olganlar yoʻq. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan Yangiyoʻl tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.