Toshkent viloyatida "ВMW" va "Tracker" ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Toshkent viloyati Yuqori Сhirchiq tumanida harakatlanib kelayotgan "BMW" boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetida toʻxtab turgan "Tracker"ga borib urildi.

    Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 20-iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Yuqori Сhirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R12 "Bektemir-Chorbogʻ" avtomobil yoʻlining 8-kilometrida haydovchi 1991-yilda tugʻilgan U. B. boshqaruvidagi "BMW" rusumli transport vositasida Bektemir-Gʻazalkent yoʻnalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, shu yoʻnalishda yoʻlning oʻng chetida toʻxtab turgan "Tracker" rusumli transport vositasini urishi natijasida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.

    Maʼlumotlarga koʻra, yoʻl transport hodisasi oqibatida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. (Toʻxtab turgan avtoulovda haydovchi va yoʻlovchilar boʻlmagan) Transport vositalari texnik shikastlangan.

    Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.