Toshkent viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda oʻrdakchilik klasteri tashkil etiladi

    Xalqaro hamkorlik 8 Aprel 2021 761

    Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasining “Tianjin Kaiteng Investment group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

    Viloyat hokimi hamda kompaniya vakili, professor Van Venji oʻrtasida oʻtgan muzokaralarda Nurafshon shahrida restoran, ofis binolarini qurish hamda oʻrdakchilik klasterini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

    Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xoʻjaligida ishlab chikarishni tashkil etish maqsadida, mahalliy mahsulotlardan ozuqa yetishtirishni rivojlantirish borasidagi takliflarni bildirdi.

    Qurilish ishlari uchun 2 gektar yer maydoni ajratilishi koʻzda tutilgan boʻlib, loyihani 2021-2022-yillarda toʻliq amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Uning umumiy qiymati 6 million AQSH dollarni tashkil etadi. Loyiha toʻliq ishga tushgach 100 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi. Oʻrdakchilik klasterida 50 mingta Pekin oʻrdaklari yetishtiriladi.

    Muzokaralar natijasida Tianjin Kaiteng Investment group” kompaniyasi vakillari loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish koʻzda tutilgan hudud bilan tanishdi.