Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushiriladi

    Energetika 23 Dekabr 2021 1629

    Avval xabar berilganidek, Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilyapti.

    Obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlanib sozlash va ishga tushirish ishlari bajarilyapti. 22-dekabrda elektr stansiyaning ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berildi. Ayni paytda qurilmaning yordamchi uskunalari ishga tushirilyapti.

    Yaqin 7-8 kun ichida elektr stansiya Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.

    Elektr stansiyasi ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.