Avval xabar berganimizdek, “O'zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisining o'rinbosari X.Ochilov rahbarligidagi ishchi guruh a'zolari bir qator viloyatlarda bo'lib, joylardagi real holatni o'rganmoqda.
Jumladan, ishchi guruh Toshkent viloyatida bo'lib, mutaxassislar bilan uchrashgan holda pilla yetishtirishda tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish, ipak qurti urug'i va pilla etishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash sohalari rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Joriy yilda viloyat bo'yicha 80 gektar maydonda yangi tutzorlar tashkil qilish ko'zda tutilgan bo'lib, buning uchun yana 5 ml 954 ming tup tut ko'chatlarini yerga qadash rejalashtirilgan.
“O'zbekipaksanoat” uyushmasi axborot xizmati.