Toshkent viloyatida yoʻlkira narxi oshdi

    Transport 3 Yanvar 2024 1180

    Toshkent viloyati shahar ichi yoʻlovchi transportida yoʻl haqi tariflari oʻzgardi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyati shaharlarida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha korxona va tashkilotlarga qarashli yoʻnalishlardagi yoʻlovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tariflari qayta ishlab chiqilgan.

    Unga koʻra, avtobuslarda 1 nafar yoʻlovchi uchun 1 500 soʻm, yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda 2 000 soʻm etib belgilangan.

    Keltirilishicha, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi qarorida shahar yoʻnalishida qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining, jumladan, yoqilgʻi-moylash materiallari, ehtiyot qismlarning qimmatlashgani munosabati bilan, transport xizmatining barqaror ishlashini taʼminlash va korxonalarning moliyaviy jihatdan zarar koʻrib ishlashini oldini olish maqsadida yoʻl haqi tariflari oʻzgarishi nazarda tutilgan.