Toshkent viloyatidagi 279 ta maktabda ham oʻquv jarayoni masofaviy tashkil etiladi

    Ta'lim 23 Yanvar 2023 1942

    Toshkent viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi 2023-yil 23-yanvar kunidan viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlarining boshlanishi yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

    2023-yil 23-yanvaridan viloyatdagi 886 ta umumtaʼlim maktabdan 603 tasida oʻquv jarayonlari toʻliq boshlanadi.

    Qolgan 279 ta umumtaʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari, jumladan,

    Angren shahridagi 2 ta,

    Chirchiq shahridagi 7 ta,

    Yangiyoʻl shahridagi 13 ta,

    Bekobod tumanidagi 35 ta,

    Boʻka tumanidagi 10 ta,

    Boʻstonliq tumanidagi 20 ta,

    Zangiota tumanidagi 14 ta,

    Qibray tumanidagi 11 ta,

    Quyi Chirchiq tumanidagi 23 ta,

    Oqqoʻrgʻon tumanidagi 16 ta,

    Ohangaron tumanidagi 23 ta,

    Parkent tumanidagi 6 ta,

    Piskent tumanidagi 6 ta,

    Oʻrta Chirchiq tumanidagi 21 ta,

    Toshkent tumanidagi 21 ta,

    Chinoz tumanidagi 14 ta,

    Yuqori Chirchiq tumanidagi 7 ta,

    Yangiyoʻl tumanidagi 32 ta maktabda oʻquv jarayonlari masofaviy tarzda olib boriladi.