Hindistonga uchib ketayotgan ikki yoʻlovchi ayol «jonli konteyner« usulida yuk olib oʻtishga uringani uchun Toshkent aeroportida ushlandi.

Bojxona maʼlumotlariga koʻra, ular jinsiy aʼzosi ichiga yashirilgan holda Hindistonga noqonuniy ravishda quyma oltin olib chiqishga uringan.

Bir ayoldan qiymati taxminan 490 million soʻm boʻlgan 367 gramm tilla, ikkinchisidan esa 140 gramm, qiymati 190 million soʻmga teng oltin aniqlangan.

Hodisa «Toshkent-AERO« bojxonasi tezkor xizmatlari va chegara posti xodimlari hamkorligida fosh etilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.