Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda tungi nazorat tadbirlari oʻtkazildi

    Natijada Toshkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 issiqxonaga nisbatan jarima qoʻllanildi.

    8-fevral kuni tungi vaqtda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Milliy gvardiya va IIV xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi 39 ta issiqxonada ekologik nazorat tadbirlari olib borildi.

    Tadbir davomida Toshkent tumanida 13 ta, Qibray tumanida 10 ta, Zangiota tumanida esa 16 ta issiqxona faoliyati oʻrganildi.

    Oʻrganish davomida ayrim issiqxonalarda isitish maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi vositalar, xususan, rezina shinalardan foydalanilayotgani aniqlandi.

    Natijada Toshkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 issiqxonaga nisbatan jarima qoʻllanildi.

    Nazorat tadbirlari davom etmoqda.