баннер
22 Mar 2025
03:57

    Toshkent viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi halok boʻldi

    Dastlabki maʼlumotga koʻra, harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan.

    Toshkent viloyati Piskent tumanidagi yoʻl transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok boʻldi.

    Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, holat bugun, 17-mart kuni soat 06:30larda Piskent tumani hududidan oʻtgan «Toshkent-Bekobod« avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.

    Dastlabki maʼlumotga koʻra, harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va “Isuzu” avtomobili bilan toʻqnashib ketgan.

    Hodisada oqibatida yuk transport vositasi haydovchisi va bir nafar yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

    Zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot masʼullari jalb etilib, YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi va shifoxonaga yetkazildi.

    Voqea yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish va zaruriy chora-tadbirlar koʻrilmoqda, deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech