Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni oʻtayotgani maʼlum boʻldi

    Mamlakatimizda 31 May 2023 2569

    Yangi toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda. 

    Shundan 12905,7 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.

    Mazkur yerlardan foydanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda.

    Jumladan,

    ➖fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yerlari – 13185 gektar (242 ta);

    ➖yordamchi xoʻjaliklar va issiqxona yerlari – 203,8 gektar (49ta);

    ➖dehqon xoʻjaliklari – 323,5 gektar (100 ta);

    ➖oʻzga yerdan foydalanuvchilar – 2263,2 gektar (379 ta);

    ➖aholi tomorqalari – 3012,6 gektar;

    ➖mahalliy hokimiyat zahirasidagi yerlar – 60,5 gektar (2 ta);

    ➖kanallar va yoʻllarga ajratilgan yerlar – 680,5 gektar