Toshkent viloyatiga Oltoydan chorva mollari yetkazib beriladi

    Bugun Nurafshon shahrida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Rossiya Federasiyasining Oltoy Respublikasida faoliyat olib boruvchi “Merkit” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Aleksandr Kulakov bilan uchrashdi.

    Muloqotda hududlarda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuv davomida Oltoydan Toshkent viloyatiga yirik zotdor chorva mollari yetkazib berish va ko‘paytirish, sohada eksportga yo‘naltiriladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ajratilgan maydonlardan unumli foydalanish borasidagi takliflar muhokama qilindi.

    Muloqotda Toshkent viloyatida chorvachilik yo‘nalishida imkoniyatlarni yanada kengaytirishga alohida urg‘u berildi.