Xususan, 5-4-toifadagi tumanlarda 50 foiz, 3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) – 30 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo'llaniladi.
Toshkent viloyatining Bekobod, Bo'ka, Piskent tumanlari 4-toifaga kiritilgan. Shuningdek, Oqqo'rg'on, Ohangaron, Parkent, O'rta Chirchiq, Yangiyo'l tumanlari 3-toifaga mansub deb topilgan. Demak, bu tumanlarda bog'cha to'lovi tegishlicha 50-30 foizgacha pasayadi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkin, 2023-yil 1-yanvaridan boshlab, O'zbekistondagi barcha – 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi.
Shundan, Toshkent viloyatining 2 ta hududi (Ohangaron va Chirchiq shaharlari) birinchi, 12 ta hududi (Bekobod, Angren, Nurafshon, Olmaliq hamda Yangiyo'l shaharlari, Zangiota, Bo'stonliq, Qibray, Quyi Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Toshkent va Chinoz tumanlari) ikkinchi, 5 ta hududi (Oqqo'rg'on, Ohangaron, Yangiyo'l, Parkent va O'rta Chirchiq tumanlari) uchinchi, 3 ta hududi (Bekobod, Bo'ka va Piskent tumanlari) esa to'rtinchi toifaga kiritilgan.
Toifasiga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash choralari belgilanadi.