Unga koʻra, Toshkent viloyatidan jami 7853,3 gektar yer maydoni (shundan 3250,1 gektari qishloq xoʻjalik yerlari) Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga oʻtkazilishi belgilanmoqda. Jumladan:
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar yer maydoni (Chorbogʻ, Belariq, Fayzli, Jaloyir, Nomdanak, Qumariq, Xonobodtepa, Taraqqiyot, Qorasuv, Xonobod, Qushbegi, Sohibkor, Istiqlol, Nurafshon MFYlar) Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar yer maydoni(Gulbogʻ, Yik ota MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar yer maydoni(Bektemir, Nurafshon, Namuna, Yangi hayot, A.Navoiy MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar yer maydoni (Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Doʻstlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bogʻishamol, Vatanparvar, Amr Temur, Mevazor, Gulbogʻ, Gulzor-1, Pastki yuz MFYlar) Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar yer maydoni (Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Argʻin, Bahor, Chinor, Tovkentepa MFYlar) Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;
Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Bektemir tumani tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga oʻtkazilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib Senatga yuborildi.









