Toshkent viloyatining olis chekka hududlarda “Zamonaviy mahalla markazlari” tashkil etiladi

    Shahar va tuman markazlaridan 10 km va undan uzoq masofada joylashgan mahallalarda “Zamonaviy mahalla markazlari”ni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Mazkur tashabbus aholiga qulay shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kasb-hunarga oʻqitish orqali bandlikni oshirish hamda mahalliy iqtisodiyotni jonlantirishga qaratilgan.

    Bu boʻyicha Toshkent viloyati hokimining qarori imzolandi. Unga koʻra, markazlarda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay binolar, aholiga xizmat koʻrsatish nuqtalari, oʻquv kurslari va boshqa ijtimoiy infratuzilma inshootlari joylashadi.

    Mahalla markazlarida tashkil etiladigan ish oʻrinlari mahalliy aholi, ayniqsa, kambagʻal oilalarning mehnatga layoqatli aʼzolari band qilinadi. Ular tegishli kasblarga oʻqitilib, markazlarda faoliyat yuritishlari uchun zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlanadi.