Toshkent viloyatining qariyb 20 ming gektar yer maydoni Toshkent shahriga oʻtkazildi

    Toshkent viloyatining 19 729,41 gektar yer maydoni Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazildi.

    Bu boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori qabul qilindi.

    Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, Oʻrta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga oʻtkazildi.

    Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 33 ta MFY, shundan 20 ta toʻliq, 13 ta qisman hamda Oʻrta Chirchiq tumanidagi 7 ta MFY, shundan 4 ta toʻliq, 3 ta qisman boʻlgan hududlari Toshkent shahri tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga oʻtkazilishi belgilandi.