Toshkent viloyatining togʻli Boʻstonliq tumanidagi Oqtosh qishlogʻida bodom gulladi

    Yashil sayyora 29 Noyabr 2023 968

    Bu hudud uchun ommaviy gullashga oʻxshamaydi.

    «Oy davomida yuqori issiqlik toʻlqinlari daraxtlar tanasiga issiqlik stressini ulashishda davom etmoqda.

    Hatto togʻlarda qishki uyquga otlangan bodom daraxtida qayta faollik hamda gullash davri kuzatilibdi.

    Bu hudud uchun ommaviy gullashga oʻxshamaydi. Menimcha, mikroiqlim yoki daraxt ildizi atrofida issiqlik uzatish tizimlari taʼsiri boʻlishi mumkin (balki daraxt fiziologiyasida muammolar bordir).

    Ammo, shunga qaramay, bu hodisa togʻ landshafti uchun juda noodatiy hodisa hisoblanadi», deb yozadi iqlimshunos Erkin Abdulahatov.