16-iyul kuni soat 22:46 da Toshkent viloyati FVBBga, Zangiota tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasi hududida o‘rnatilgan propan saqlash sig‘imi va propan gaz tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda chaqnash ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borishgan. Hozirda qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etishmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki, ma’lumotlarga ko‘ra uch nafar fuqaro tan jarohati olib, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.