“Toshkent” xalqaro aeroportidagi estakada orqali yo'l belgilari yangilanishi munosabati bilan 24–25-may kunlari cheklangan yo'l harakati tiklandi, deb xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” AJ.
Unda aytilishicha, yo'lovchilar va kuzatuvchilar uchun Toshkent xalqaro aeroporti estakadasiga kirish bepul.
Terminalga estakada orqali chiqish qoidalari:
- estakadaning o'ng chizig'i turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun, chap chizig'i taksilar uchun mo'ljallangan;
- yo'lovchilarni estakadada qisqa muddatga tushirish/olish avtomobillar uchun 5 daqiqadan, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun — 10 daqiqadan oshmasligi lozim;
- estakadaning o'ng va chap qatorlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to'xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanib, jarima solinishi mumkin.
Estakadada bir vaqtning o'zida 30 tagacha yengil avtomobil yoki sayyohlik avtobuslari bilan birga 17 tagacha avtomobil bo'lishi mumkin.










