Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali oldidagi “Terminal” kafesida yongʻin chiqdi

    Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali oldidagi “Terminal” kafesida yongʻin chiqdi.

    Voqea joyiga zudlik bilan oʻt oʻchirish boʻlimlari yetib kelgan. Yongʻin soat 11:47 da oʻchirilgan.

    Yongʻin oqibatida 5 kv.m maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yoʻq. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga oshxonadagi kichik yongʻin sabab boʻlgan.

    Xabarga koʻra, Toshkent xalqaro aeroporti odatiy tartibda ishlamoqda.