“Fast Track” xizmatidan foydalanish uchun yoʻlovchi joʻnash terminalidagi maʼlumot burchagiga murojaat qilishi kerak. Toʻlov amalga oshirilganidan soʻng aeroport xodimi yoʻlovchini maxsus “koridor” boʻylab “steril” zonagacha kuzatib boradi va u yerdan yoʻlovchi mustaqil ravishda bortga chiqadi.

Mazkur xizmatning narxi 170 000 soʻm. Shuningdek, oila aʼzolari bilan uchayotgan yoʻlovchilar uchun “Oilaviy” paketi mavjud.

Shuningdek, Toshkent aeroportidan uchayotgan yoʻlovchilar “Fast Track” xizmati bilan bir qatorda joʻnab ketish terminalining steril hududida joylashgan “ANOR” biznes komfort zalida kutish xizmatini ham xarid qilishlari mumkin. Bu haqida Uzbairports xabar bermoqda.