Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xaber berdi.
“Pax Track” – yoʻlovchilarni kompleks monitoring qilish tizimidir. Ushbu tizim qanday ishlaydi?
Roʻyxatdan oʻtish joyidan keyin oʻrnatilgan turniketlarda yoʻlovchi bortga chiqish talonini, xodim esa oʻz ruxsatnomasini skanerlashi kerak. Chegara nazorati va aviatsiya xavfsizligiga tekshirish xizmatlari ham ushbu tizim bilan integratsiyalashadi. Shunday qilib, kechikayotgan yoʻlovchini bortga chaqirishda aeroport xodimlari tizimdan uning qaysi sektorda ekanligini va roʻyxatdan oʻtgandan keyin “steril” zonaga kirgan-kirmaganligini bilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Bugungi kunda uchib ketish zalida 40 ta roʻyxatga olish peshtaxtasi mavjud. Rekonstruksiya ishlari tugallangach, roʻyxatga olish peshtaxtalari soni 90 ta boʻladi.
Uchib ketish hududidagi chegara nazorati punktlari soni ham 34 tadan 54 taga yetkaziladi. Tekshiruv hududi 15 ta yoʻlakgacha kengaytiriladi. Shuningdek, uchib kelish zalida 48 yoʻlovchi oʻtish kanaliga ega yangi pasport nazorati zonasi tashkil etiladi, bagaj olish kamarlari soni 4 tadan 8 taga koʻpayadi.