Toshkent xalqaro aeroportidagi estakada chiqish cheklanadi

    Transport 8 Dekabr 2023 817

    Toshkent xalqaro aeroportida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari boshlandi.

    Shu munosabat bilan 8-dekabr soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yoʻl oʻtkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi.

    Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yoʻlovchi tushirish yoʻlagi tashkil etiladi.

    Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.

    “Uzbekistan Airports” kompaniyasi vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻradi.