Bugun, 3-oktyabr kunidan boshlab, 3M-sonli “Xalqaro aeroport” bekatini koʻprik yoʻli orqali Yakkasaroy tuman IIB bekati bilan bogʻlovchi 2 ta mikroavtobuslar harakatlanuvchi vaqtinchalik bepul yoʻnalish tashkil etildi.
Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi taʼmirlanayotgan koʻprik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklangan edi. Shu munosabat bilan 10 ta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritildi.