Toshkent xalqaro aeroportiga estakada orqali oʻtish qoidalarini bilasizmi?

    Bilasizmi? 1 Iyul 2021 3962

    Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati bu haqda maʼlumot berib oʻtdi.

    Estakadaning oʻng liniyasi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun moʻljallangan;

    Estakadaning chap liniyasi taksilar harakati uchun moʻljallangan;

    Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun estakada bepul, harakatlanish hamda yoʻlovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan oʻtib ketsa, har 10 daqiqa uchun toʻlov undiriladi;

    Taksilar uchun estakada boʻylab bepul harakatlanish hamda yoʻlovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 5 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan oʻtib ketsa, har 5 daqiqa uchun toʻlov undiriladi;

    Oʻng va chap liniyalarni ajratib turuvchi sariq chiziqni bosish taqiqlanadi va uni bosish qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga sabab boʻladi.