Temur Malik ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmasidan Sultoniya ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi barcha avtoransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Shu o‘rinda, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanmaydi, biroq Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasiga tushish-chiqish yo‘llari vaqtincha yopiladi.
Mazkur cheklovlar ishlar to‘liq yakunlangunga qadar amal qiladi. Haydovchilardan yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish, vaqtincha o‘rnatilgan yo‘l belgilariga hamda mas’ul xizmatlar xodimlari ko‘rsatmalariga qat’iy rioya etish so‘raladi.
Harakat qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.