Bu haqda Veolia Energy xabar berdi.

Mazkur jarayon davomida tarmoqlar yuqori bosim ostida mexanik mustahkamlik va zichlik boʻyicha tekshiriladi. Sinovlardan asosiy maqsad — xalqaro xavfsizlik standartlari asosida yangi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, mavjud nuqsonlarni aniqlash va qish mavsumida aholiga barqaror issiqlik yetkazib berishni taʼminlashdan iborat.

Mutasaddi tashkilotlar haydovchilar, piyodalar, shuningdek, maʼmuriy va turar joy binolarida yashovchi fuqarolardan ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilishni soʻramoqda.

Shuningdek, issiq suv taʼminoti boʻyicha quyidagi jadval eʼlon qilindi:

  • 24–31-mart kunlari — sinovlar vaqtida issiq suv taʼminoti qisqa muddatga oʻchiriladi;
  • 1-apreldan 1-maygacha — sinovlar issiq suvni oʻchirmagan holda davom ettiriladi.

Tumanlar boʻyicha manzillar va aniq sanalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.