баннер
19 Apr 2025
02:36

    Toshkentda 1 va 2 xonali uylarning ijara narxlari tezroq arzonlashmoqda

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

    2025-yilning yanvar mart oylarida poytaxtda 1, 2 va 3 xonali turar joylarning oʻrtacha ijara narxlari 2024-yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan boʻlsa, 4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi toʻliq taʼmirlangan “lyuks” toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashgan.

    Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

    2025-yilning mart oyida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari 2024-yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada quyidagicha arzonlashdi:

    • 1 xonali uylar $296 (2024-yilning mart oyidagiga ($356) nisbatan -16,6 foiz);
    • 2 xonali uylar: $379 (2024-yilning mart oyidagiga ($396) nisbatan -4,6 foiz);
    • 3 xonali uylar: $454 (2024-yilning mart oyidagiga ($467) nisbatan -2,9 foiz);
    • 4 xonali uylar: $521 (2024-yilning mart oyidagiga ($538) nisbatan -4,7 foiz).

    Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli tumani (1 xonali — $297, 2 xonali — $373, 3 xonali — $432, 4 xonali — $443) hamda Olmazor tumanida (1 xonali — $287, 2 xonali — $347, 3 xonali — $408, 4 xonali — $474) taklif etilgan.

    Nisbatan qimmat ijara narxlari Shayxontohur tumanida (1 xonali — $345, 2 xonali — $462, 3 xonali — $582, 4 xonali — $617) va Yakkasaroy tumani (1 xonali — $381, 2 xonali — $528, 3 xonali — $616, 4 xonali — $700) aniqlangan.

    Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

    2025-yilning mart oyida toʻliq taʼmirlangan 1, 2 va 3 xonali turar joylar uchun ijara narxlari ham 2024-yilning mart oyidagiga nisbatan arzonlashdi:

    • 1 xonali: $411 (2024-yilning mart oyidagiga ($472) nisbatan -13,1 foiz);
    • 2 xonali: $547 (2024-yilning mart oyidagiga ($644) nisbatan -15,0 foiz);
    • 3 xonali: $728 (2024-yilning mart oyidagiga ($788) nisbatan -8,5 foiz).

    Mazkur davrda 4 xonali uylarning ijara narxi $957 ni (2024-yilning mart oyida — $909) tashkil etdi va 2024-yilning mos davridagiga nisbatan 3,1 foiz qimmatlashdi.

    Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli tumani (1 xonali — $327, 2 xonali — $417, 3 xonali — $513, 4 xonali — $641) va Uchtepa tumanida (1 xonali — $386, 2 xonali — $450, 3 xonali — $534, 4 xonali — $625) taklif etilmoqda.

    Nisbatan qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali — $484, 2 xonali — $731, 3 xonali — $1027, 4 xonali — $1328) hamda Shayxontohur tumanida (1 xonali — $521, 2 xonali — $732, 3 xonali — $1093, 4 xonali — $1381) qayd etilgan.

    Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilingan. Bunda 2025-yilning fevral oyi uchun 37,5 mingta va mart oyi uchun 39,4 mingta, 2024-yilning mart oyi uchun 52,2 mingta maʼlumotdan foydalanilgan. Har uchta davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirilgan

    Telegram kanalimiz
    Text to speech