“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati maʼlum qilishicha, shu yilning 18-sentyabrdan 5-oktyabrgacha Bobur koʻchasining Shota Rustaveli va Nukus koʻchalari orasidagi qismida 110 kV li yer osti elektr kabellarini oʻtkazish ishlari olib boriladi.
Shu sababli, 2, 11, 12, 40, 45, 47, 67, 77, 80, 94, 106, 140-sonli yoʻnalishlarda avtobus suratga koʻrsatilganidek harakatlanadi. Kechikishlar ehtimoli mavjud.