Toshkentda 10 qavatli uy tomiga qoʼshimcha uy qurib olingani rostmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 10 qavatli turar joy tom qismida yangi uy qurilgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Joriy yilning 10-iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi mazkur manzilda oʼrganish ishlari olib borgan.

    Unga koʼra, 96-xonadon mulkdori kadastr hujjatlarida mavjud boʼlgan mansardaning yon qismiga oʼzboshimchalik bilan qoʼshimcha qurilma qurib olgani aniqlangan.

    Inspektsiya tomonidan oʼz vakolati doirasida fuqaroga 15 kun muddat ichida, yaʼni 25-iyul kuniga qadar bartaraf etish boʼyicha majburiy koʼrsatma berilgan.

    Shuningdek, unga MJtKning 159-moddasiga asosan maʼmuriy jarima qoʼllanilgan.

    "Tartibga koʼra belgilangan majburiy koʼrsatma talablari fuqaro tomonidan bajarilmagan taqdirda FIB sudga majburiy tartibda bartaraf etish toʼgʼrisida daʼvo arizasi kiritiladi", deyiladi xabarda.