Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining maʼlum qilishicha, tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Ayni kunlarda mamlakatimizda koʻp qavatli uy-joy fondining seysmik holatini oʻrganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda.
Hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega boʻlmagan bitta obyektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrilgan.
Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, ayni vaqtda ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas.
Fuqarolardan ishonchsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy maʼlumotlarga tayanish soʻraladi. Yolgʻon axborot tarqatganlik uchun esa qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib oʻtamiz, — deyiladi xabarda.








