Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumani Beshqoʻrgʻon mahallasida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuvini oldini olish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro Kurbonov oʻzining boshqaruvidagi “Nexia3” markali avtotransport vositasiga “VOLKSWAGEN” rusumli avtotransport vositasidan xorijda ishlab chiqarilgan hech qanday hujjatlari boʻlmagan taxminiy qiymati 144 mln soʻmlik 10 dona karton qutilarda jami 288 000 dona “treniya” nomli pirotexnika vositalarini qayta yuklayotgan paytda ashyo dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

***

2021-yil 30-noyabr kuni Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuvini oldini olish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir natijasida “Nexia3” markali avtotransport vositasidan “VOLKSWAGEN GRAFTER” rusumli avtotransport vositasiga ortilayotgan holdagi xorijda ishlab chiqarilgan
hech qanday hujjatlari boʻlmagan taxminiy qiymati 144 mln soʻmlik jami 288 ming dona “Treniya” va “Britanik” nomli pirotexnika vositalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.