Toshkentda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklandi

    Yigit sevgan qizi bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolib, unga kuch ishlatgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda yigit bir qiz bilan janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

    Aniqlanishicha, videoda aks etgan holat joriy yilning 14-aprel kuni soat 11:50 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumani Mirzo Ulugʻbek koʻchasida sodir boʻlgan.

    2003-yilda tugʻilgan S.A. oʻzining tanishi boʻlgan 2006-yilda tugʻilgan A.J. bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolganligi sababli unga kuch ishlatgan.

    Janjal vaqtida S.A. qizga tan jarohati yetkazgan va buning natijasida jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.