Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qoʻmita raisi oʻrinbosari Azizjon Kamilov qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Oʻrganish davomida mutasaddilar obyektlarning bugungi kundagi holati bilan yaqindan tanishib, ularga jarayon uchun masʼul mutaxassislar bu borada olib borilayotgan ishlar haqida toʻliq maʼlumot berdi.
Qayd etish joiz, hozirgi kunga kelib, metall konstruksiya ishlari allaqachon yakunlangan boʻlib, obyektlarning tashqi qismini yopish jarayoni ketmoqda. Quruvchilar har bir detalga alohida ahamiyat qaratilayotgani, foydalanilayotgan mahsulotlarning aksariyati pishiq materiallardan tayyorlanayotganini qoʻshimcha qildi.
Suhbat davomida Oʻyinlardan keyin obyektlardan samarali foydalanish masalasi ham yana bir karra koʻrib chiqildi. Rasmiylar oʻrganish chogʻida ish samaradorligini oshirish borasida kerakli tavsiyalarni berib oʻtishdi.