Toshkentda 3 ta tumandagi barcha maktablar onlayn taʼlimga oʻtkaziladi

    Salomatlik 16 Mart 2021 1367

    Joriy yilning 16-mart kunidan boshlab, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi barcha umumtaʼlim maktablarini bir martalik karantin muddatiga (14 kun) onlayn oʻqitishga oʻtkaziladi.

    Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabining qaroriga koʻra, Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar va oʻqituvchilar orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati ortib borayotganini inobatga olib, joriy yilning 16-mart kunidan boshlab, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi barcha umumtaʼlim maktablarini bir martalik karantin muddatiga (14 kun) onlayn oʻqitishga oʻtkaziladi.

    Ushbu tumanlar hududida faoliyat olib borayotgan nodavlat va xususiy taʼlim tashkilotlariga 16-martdan boshlab bir martalik karantin muddatiga (14 kun) oʻquvchilarni masofaviy shaklda oʻqitishga oʻtkazish tavsiya etiladi.

    Poytaxtimizdagi boshqa tumanlarda oʻqish bahorgi taʼtilga qadar karantin talablariga toʻliq rioya etilgan holda anʼanaviy davom ettiriladi.