Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 3-iyul kuni tushdan keyin soat 13:54 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Quvur ariq 2-tor koʻchasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida tuman FVBga xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan yongʻin sodir boʻlgan joyga 7 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yuborildi. Yongʻin soat 14:25 da oʻrab olinib, soat 14:47 da butkul oʻchirildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.