Jamiyatning global muammolaridan biri giyohvandlikdir. Butun dunyoda huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi tinimsiz kurash olib bormoqda.
Jinoyatchilar o‘z mahsulotarini yangi texnologiyalar yordamida sotuvchidan xaridorgacha yetkazib berish mexanizmini takomillashtirmoqda. Ulardan biri internet-do‘konlar bo‘lib, ular veb-sayt manzillari tasvirlangan graffiti usulida yoki QR-kodli varaqalar tarqatish yo‘li bilan reklama qilinadi.
Ularga qarshi kurashish maqsadida poytaxt hududida olib borilayotgan “Dolzarb 15 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
6-10 aprel kunlari raqamlariga nazar solsak:
102 ta noqonuniy holatlari aniqlanib, ularga chek qo‘yildi.
Ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan moddalarning umumiy miqdori 384,7 grammni tashkil etdi, shundan 192,02 gramm giyohvandlik vositalari, 192,68 gramm sintetik moddalardir. Tadbir davomida 701 dona kuchli ta’sir etuvchi vositalar aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yashirish orqali sotish (“Zakladka”) bilan bog‘liq 74 ta xolat aniqlandi.
1 775 tadan ortiq «narkograffiti» yozuvlar aniqlanib, barchasi o‘chirtirildi. Bu yo‘nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.