Toshkent shahrida harakatlanuvchi 8 ta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“2020-yilning 1-oktyabr sanasidan quyidagi avtobus yoʻnalishlari maqbullashtiriladi: 9, 52, 53, 65, 71, 109, 149, 188”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarining oʻzaro harakat yoʻnalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ogohlantirishlarga qaramay tungi klub faoliyatini toʻxtatmagan qashqadaryolikka nihoyat chora koʻrildi