Toshkentda “Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va Gʻarb olimlari nigohida” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

    Madaniyat 22 Avgust 2022 1571

    Poytaxtimizda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Ibn Sino jamoat fondi Islom hamkorligi tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va Gʻarb olimlari nigohida” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

    Mazkur xalqaro tadbirda Eron, Turkiya, Misr, Germaniya, Hindiston, Isroil, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va “Milliy Tiklanish” partiyasi, ularning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari vakillari Abu Ali ibn Sinoning oʻrta asrlar islom olamida tibbiyot va unga bogʻliq fanlar ravnaqiga qoʻshgan hissasi haqidagi maʼlumotlarni mujassam etgan maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

    Ishtirokchilar buyuk alloma Ibn Sinoning jahon ilm-fani tarixida qomusiy olim sifatida tibbiyot, tabiat, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan dunyoda mashhur boʻlgan ilmiy merosi, Sharq va Gʻarb mamlakatlari xalqlarining ilm fani rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligiga oid ilmiy mulohazalar muhokama qilindi, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    Xalqaro konferensiya onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.